Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Millatning ma’naviy boyligi

15 Oktyabr 2026, 18:46

56

Adiblar xiyobonida O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda ijod ahli vakillari, tilshunos mutaxassislar, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi professor-o‘qituvchilari va kursantlari ishtirok etdi.

Tadbirda ona tilimizning boy tarixi, asrlar davomida xalqimiz ma’naviy hayotida tutgan o‘rni, o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining tarixiy ahamiyati, keyingi yillarda o‘zbek tilining obro‘yi va nufuzini yanada yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar haqida so‘z bordi.

Taniqli adiba Ma’mura Zohidova ona tilimizning keng imkoniyatlari xususida mulohaza yuritib, buyuk ajdodlarimizdan meros bo‘lib kelayotgan tilimizning sofligi va jozibadorligini asrash, yoshlarni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida kamol toptirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bugunning dolzarb vazifasi ekanini ta’kidladi.

Tadbir badiiy havaskorlik to‘garaklari tomonidan tayyorlangan dasturlar bilan davom etdi. Kursantlar ona tilimizga bo‘lgan cheksiz mehr-muhabbatlarini she’riy chiqishlar orqali ifoda etib, ma’rifatparvar bobomiz Abdulhamid Cho‘lponning hayotiga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishini namoyish qildilar.

Ona Vatanimizni ulug‘lovchi qo‘shiqlar tadbirga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech