Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Terrorizmga qarshi maslahatlashuv

15 Oktyabr 2026, 17:16

87

Ichki ishlar vazirligi akademiyasida BMT global dasturi doirasida zaif nishonlarni terrorchilik harakatlaridan himoya qilishga bag‘ishlangan maslahatlashuv ish boshladi.

BMT Terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi (UNOCT), Terrorizmga qarshi kurashish qo‘mitasi ijroiya tuzilmasi (CTED), Markaziy Osiyoda preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi (UNRCCA), shuningdek Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (OSCE) mintaqaviy vakolatxonasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda xalqaro ekspertlar, mutaxassislar hamda manfaatdor tashkilotlar vakillari qatnashmoqda.

Uch kun davomida ishtirokchilar terrorizm bilan bog‘liq global muammolar, zamonaviy tahdid va xavf-xatarlar, ularga qarshi ko‘rilayotgan choralar, mavjud imkoniyatlar va zaif nuqtalar, shuningdek aholi gavjum joylarda jamoat xavfsizligini ta’minlash, terrorchilik harakatlarining oldini olish, inson hayoti va infratuzilma obyektlarini muhofaza qilish yuzasidan fikr almashadilar.

Shuningdek terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha milliy qonunchilik, mas’ul idora va tashkilotlarning vazifalari, hamkorlik mexanizmlari tahlil qilinib, zamonaviy tahdidlarni baholash va bartaraf etishda mavjud salohiyatni oshirish, ilg‘or tajribalarni milliy amaliyotga tatbiq etishga qaratilgan xulosa va tavsiyalar ishlab chiqiladi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech