Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Milliy o‘zlikni anglash ajdodlarga ehtiromdan boshlanadi

08 Oktyabr 2025, 08:10

152

Yurtimizda tarixiy haqiqatni tiklash, yurt istiqloli yo‘lida jonini fido qilgan ajdodlarimiz nomini abadiylashtirish, ularning ibratli hayoti va faoliyatini targ‘ib qilish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyida IIV akademiyasi professor-o‘qituvchilari va kursantlari ishtirokida o‘tkazilgan tadbir shu jihati bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Tadbirda millat taqdiri, Vatan ozodligi va ravnaqi uchun kurashgan, qatag‘on siyosati qurboni bo‘lgan bobolarimizning ibratli umr yo‘li yodga olindi. Keyingi yillarda ularning nomlari va xotirasini abadiylashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar e’tirof qilindi.

Tadbirda so‘z olganlar mustabid tuzum davrida xalqimiz boshiga tushgan og‘ir sinovli kunlar, davlat va siyosat arboblari, ilm-fan namoyandalari, ma’rifatparvar ziyolilarga qarshi uyushtirilgan qatag‘onlar, bobolarimizning ulkan ma’naviy jasorati va millat oldidagi beqiyos xizmatlari aytib o‘tildi. O‘tmishdan saboq chiqarish, milliy o‘zlikni anglash, ajdodlarimizga munosib voris bo‘lish bugungi avlodlarning ma’naviy burchi ekanligi ta’kidlandi.

Tadbir jadidlar hayotidan sahna ko‘rinishlari, she’riy chiqishlar va muzeydagi eksponatlarni tomosha qilish bilan davom etdi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech