Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Muloqot madaniyatini yuksaltirish yo‘lida

30 Aprel 2025, 10:04

45

IIV akademiyasida ta’lim olayotgan kursantlar uchun fakultativ mashg‘ulotlar yo‘lga qo‘yildi.

Bundan maqsad bo‘lajak ichki ishlar organlari xodimlarida fuqarolar, ommaviy axborot vositalari xodimlari va blogerlar bilan muloqotga kirishish, ziddiyatli vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘rikmalarini shakllantirishdan iborat.

Ilk mashg‘ulot O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti o‘qituvchisi Zoxir Toshxo‘jayev tomonidan olib borildi. Kursantlar “ommaviy axborot vositasi”, “ijtimoiy tarmoq”, “bloger” tushunchalarining mazmun-mohiyati, faoliyat yo‘nalishlari, ushbu soha vakillarining faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlar bo‘yicha tushunchalarga ega bo‘lishdi.

Tajribali jurnalist OAV va blogerlar bilan muloqot jarayonida ichki ishlar organi xodimlaridan talab etiladigan kasbiy fazilatlar, muloqot jarayonida yuzaga keladigan muammoli holatlardan samarali chiqish yo‘llari, nutq madaniyatini rivojlantirish usullarini tushuntirib o‘tdi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech