Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

“Muloqot”lar foydali bo‘lmoqda

01 May 2025, 09:05

33

Ta’lim jarayonini nazariya, amaliyot va tajriba uyg‘unligida tashkil etish ijobiy natija beradi. Bunga IIV akademiyasida joriy qilingan “Muloqot” klublari misol bo‘la oladi.

Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati kafedrasi tashubbusi bilan tashkil qilingan galdagi uchrashuvni IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari, polkovnik Sardorbek Rahimov o‘tkazdi.

Mutaxassis ko‘p yillik amaliy tajribasidan kelib chiqib huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari haqida so‘zlab berdi. O‘tgan yillar mobaynida tizimda amalga oshirilgan islohotlar, amaliyotga tatbiq qilinayotgan zamonaviy yondashuvlar, ayniqsa “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida mahallalarda ijtimoiy profilaktikani amalga oshirish mexanizmlari, profilaktika inspektorlariga qo‘yilayotgan talablar kursantlar uchun ayni muddao bo‘ldi. Bo‘lajak mutaxassislar o‘zlari uchun zarur ko‘nikmalarni olishdi.   

“Muloqot” klubi doirasida Jazoni ijro etish departamenti vakillari va mazkur ixtisoslik yo‘nalishida ta’lim olayotgan kursantlar ishtirokida o‘tkazilgan tadbir ham qiziqarli ruhda o‘tdi. Savol-javoblarga boy tarzda o‘tgan uchrashuvda tizimda xizmat qilishning mas’uliyatli tomonlari, amaliyot xodimlari duch kelgan murakkab vaziyatlar, kasb madaniyatiga amal qilish, xizmatga mas’uliyat bilan yondashish tadbirning asosiy mavzulari bo‘ldi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati  

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech