Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Mutaxassisdan foydali maslahatlar

25 Aprel 2025, 08:04

31

Inson salomatligi ko‘plab omillarga bog‘liq. Shulardan biri to‘g‘ri va o‘z vaqtida ovqatlanishdir.

IIV akademiyasida kursant qizlar ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuv sog‘lom turmush tarzi tamoyillarini targ‘ib qilishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Tajribali diyetolog mutaxassis Gulnora Hamroyeva o‘z mulohazalarini ulashar ekan, inson salomatligini muhofaza qilish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligini ta’kidladi.

Tadbirda to‘g‘ri ovqatlanish tartib-taomillari, jismoniy faollikning foydali jihatlari, salomatlik uchun zararli bo‘lgan odatlar, noto‘g‘ri ovqatlanish tufayli kelib chiqadigan kasalliklar, sog‘lom turmush madaniyatini shakllantirishda oiladagi tarbiyaning o‘rni kabi masalalar xususida so‘z bordi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuv davomida qizlar shaxsiy gigiyena, oila etikasi, salomatlikni asrash sirlari haqida ko‘plab maslahatlar oldilar.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech