Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Ochiq eshiklar kuni

17 Dekabr 2025, 07:12

65

Milliy gvardiya tasarrufidagi “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi o‘quvchilari IIV akademiyasi mehmoni bo‘ldi.

Tadbir yoshlarning vatanparvarlik tuyg‘usini yuksaltirish, ularni yurtga sadoqat va kasbga muhabbat ruhida tarbiyalash, bu boradagi ishlar samaradorligini oshirish maqsadida tashkil qilindi.

Shu kuni o‘quvchilar saf maydoni, o‘quv xonalari, axborot-resurs markazi, sport majmuasi va boshqa maskanlarda bo‘ldi. Akademiya tarixi muzeyi, “Vatanparvarlik burchagi”, “Buyuk sohibqiron Amir Temur” va “Turon qoploni Jaloliddin Manguberdi” xonalarini ko‘zdan kechirib, ajdodlarimizning tarixiy merosini o‘rganishga qaratilgan ishlar bilan tanishdi.

Harbiy tayyorgarlik kafedrasida tashkil qilingan qurol-aslahalar ko‘rgazmasi yoshlarda katta qiziqish uyg‘otgan bo‘lsa, ma’naviyat va ma’rifat markazida namoyish etilgan videorolik akademiya to‘g‘risida zarur ma’lumotlar olishga xizmat qildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech