Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Ochiq muloqot

23 Mart 2024, 07:03

382

Yunusobod tumani mahallalarida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, jinoyatchilikni jilovlash borasida qanday chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda?

Shu xususda Ichki ishlar vazirligi akademiyasida o‘tkazilgan tadbirda tuman Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi mutasaddilari, Huquqbuzarliklar profilaktikasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda ushbu ixtisoslik yo‘nalishida ta’lim olayotgan kursantlar ishtirok etdi.

Ochiq muloqotda boshqarma boshlig‘i, polkovnik Abdumajid Shermuhamedov so‘z olib, mahallalarda jinoyatchilikni jilovlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng qamrovli chora-tadbirlarga to‘xtaldi. Qayd etilishicha, aholi bilan manzilli ishlashga qaratilgan samarali tizimning yaratilgani huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, kriminogen vaziyatni yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Tadbir davomida huquqbuzarliklar profilaktikasining asosiy yo‘nalishlari, bu borada “mahalla yettiligi” tizimining imkoniyatlari, ijtimoiy profilaktikani amalga oshirishda e’tibor qaratilishi zarur bo‘lgan ustuvor jihatlar haqida fikr almashildi. Tajribali xodimlar tomonidan kursantlarga amaliy tavsiyalar berildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech