Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

O‘quv yig‘ini yakunida sertifikatlar topshirildi

01 Dekabr 2025, 07:12

83

24–29-noyabr kunlari IIV akademiyasida ichki ishlar organlari tizimidagi tegishli rahbarlar uchun qisqa muddatli o‘quv yig‘ini tashkil qilindi.

Mashg‘ulotlarga hududlardan Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmalari boshliqlari hamda Kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i yordamchilari jalb etildi.

Tinglovchilar ichki ishlar organlarida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning mazmun-mohiyati, sohaga doir normativ-huquqiy hujjatlarning ustuvor yo‘nalishlari, huquqbuzarliklar profilaktikasi va kadrlar bilan ishlash faoliyatini samarali tashkil qilish, bu borada tizimga joriy qilingan ilg‘or yondashuvlar, ularni amalga oshirish mexanizmlari, shuningdek fuqarolar va OAV vakillari bilan muloqot qilish, nostandart vaziyatlarda o‘zini o‘zi boshqarish yuzasidan bilim hamda ko‘nikmalarini oshirdilar. Bundan tashqari, joylardagi sayyor mashg‘ulotlar davomida tizimdagi yangiliklar bilan tanishib, o‘zaro tajriba almashdilar.

Ichki ishlar vazirligi vakillari va akademiya professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘tkazilgan mashg‘ulotlar yakunida tinglovchilardan sinov imtihonlari qabul qilindi. Shuningdek o‘quv yig‘ini ishtirokchilari ta’lim muassasasi faoliyati bilan tanishdilar.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech