Ichki ishlar vazirligiga biriktirilgan maktablar o‘quvchilarining akademiyaga sayohati taassurotlarga boy bo‘ldi.
Yosh avlodni yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida tashkil qilingan “Ochiq eshiklar kuni”da yurtimizning turli hududlarida kamol topayotgan o‘quvchilar hozir bo‘ldi.
Tadbir davomida ular kursantlarning zamon talablari darajasida ta’lim olishi, jangovar va jismoniy chiniqishi, zarur amaliy ko‘nikmalarni egallashi, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi uchun yaratilgan barcha shart-sharoitlar bilan tanishdilar. Ayniqsa akademiyadagi yangilanishlarga bag‘ishlangan videorolik o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Ma’naviyat va ma’rifat markazida bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida ichki ishlar organlarida xizmat qilishning o‘ziga xos jihatlari, tizimdagi keng qamrovli islohotlar, akademiyada o‘qish istagidagi yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida fikr almashildi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati