Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Samarali tizim – natijadorlik omili

04 Yanvar 2026, 03:01

177

IIV Tashkiliy departementi boshlig‘i akademiya magistraturasi tinglovchilari bilan muloqot qildi.

Ichki ishlar organlarida ijro intizomini mustahkamlash, boshqaruv va nazorat mexanizmlarini takomillashtirish davra suhbatining asosiy mavzusi bo‘ldi.

Departament rahbari, podpolkovnik Jasur Yusupov so‘z olib, ijrochilik masalasiga e’tibor qaratdi. Hududlarda o‘tkazilayotgan kompleks tekshiruvlar davomida aniqlangan kamchiliklarni aytib o‘tib, ularning kelib chiqish omillarini tahlil qildi.

Hozirgi sharoitda yuksak mas’uliyat bilan ishlash, faoliyatni tahliliy-tanqidiy baholab borish, istiqbolli strategik qarorlar qabul qilish tizim samaradorligining asosiy mezoni ekanligini qayd etib, tinglovchilarga boshqaruvning zamonaviy tamoyillari yuzasidan tavsiyalar berdi.

Muloqotda magistraturadagi ta’lim jarayonlari haqida ham fikr almashildi. Rahbar kadrlarni tayyorlash tizimini zamon talablari darajasida takomillashtirib borish, amaliyotdagi dolzarb muammolarning ilmiy-amaliy yechimlarini ishlab chiqish, bitiruvchilarning kelgusi faoliyatini monitoring qilib borish, istiqbolli kadrlar zaxirasini yaratish borasida takliflar bildirildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech