Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasida shaxmat musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Unda turdosh oliy ta’lim muassasalari kursantlaridan iborat 8 ta jamoa g‘oliblik uchun bellashdi. “Aql va mantiq jangi” yakunida mezbonlar birinchi, IIV akademiyasi kursantlari ikkinchi, Bojxona instituti vakillari uchinchi o‘rinni egalladi.
* * *
Poytaxtimizdagi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida IIV akademiyasi magistraturasi tinglovchilari uchun sayyor mashg‘ulot tashkil qilindi.
Mashg‘ulotda voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilayotgan huquqbuzarliklar, ularning barvaqt oldini olish, ushbu toifadagi shaxslar bilan profilaktik ishlarni kuchaytirish, markaz tarbiyalanuvchilarini kasb-hunarga yo‘naltirish masalalariga e’tibor qaratildi.
* * *
IIV akademiyasining 1-bosqich kursantlari o‘rtasida “Rus tilini qay darajada bilamiz?” mavzuida viktorina o‘tkazildi.
Til qoidalarini bilish, to‘g‘ri qo‘llash, matnni ifodali o‘qish, tarjima qilish va boshqa mezonlar bo‘yicha o‘tgan bellashuvda “Bilimdonlar” jamoasi g‘olib bo‘ldi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati