Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Tajribalar o‘rtoqlashildi

25 Aprel 2025, 07:04

44

IIV akademiyasida “tezkor-qidiruv faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha ta’lim olayotgan kursantlar “Muloqot” klubida yig‘ildi.

Uchrashuvga vazirlik Tezkor-qidiruv departamentining ko‘p yillik tajribaga ega xodimlari taklif qilindi. Galdagi muloqot o‘zgalar mulkini talon-toroj qilish jinoyatlariga qarshi kurashishning o‘ziga xos xususiyatlariga bag‘ishlandi.

Sohaviy xizmat vakillari ushbu turdagi jinoyatlarning farqli jihatlari, ularni fosh etish yo‘llari, tezkor-qidiruv tadbirlarini samarali tashkil qilishda qo‘l keladigan kasbiy ko‘nikmalarga to‘xtalib, o‘tgan yillar mobaynida fosh qilingan shov-shuvli jinoyatlar haqidagi qiziqarli ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashdilar.

Tadbir so‘nggida kursantlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech