Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Turnir yakunlandi

03 May 2025, 06:05

114

Bojxona institutida turdosh oliy ta’lim muassasalari kursantlari o‘rtasida futbol turniri o‘tkazildi.

Musobaqada IIV akademiyasi, Qurolli Kuchlar akademiyasi, Jamoat xavfsizligi universiteti, Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasi, Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti, Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti hamda mezbon jamoa vakillari ishtirok etdi.

Besh kun davom etgan turnir murosasiz va kurashlarga boy o‘yinlar bilan yodda qoldi. Yakunda eng kuchli va omadli jamoalar sovrindorlar qatoridan joy oldi. Shunga ko‘ra, birinchi o‘rin Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasiga, ikkinchi o‘rin IIV akademiyasiga, uchinchi o‘rin esa Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutiga nasib etdi.

G‘olib va sovrindorlar ta’lim muassasalari mutasaddi vakillari ishtirokida qimmatbaho sovg‘alar bilan tantanali ravishda taqdirlandi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech