Mahallalarda xavfsiz muhit yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish – bugunning dolzarb vazifalaridan.
Bu borada davlatimiz rahbarining muhim qarorlari qabul qilinib, aniq vazifalar belgilab berilgani tizim samaradorligini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Shu kunlarda IIV akademiyasining tajribali professor-o‘qituvchilari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Toshkent viloyatlari hamda poytaxtimizdagi kriminogen vaziyati murakkab mahallalarda ish olib bormoqda.
Ishchi guruhlar zimmasiga hududlarning kriminogen vaziyatini joylarga chiqqan holda o‘rganish, huquqbuzarliklarning asl omillarini ilmiy yondashuvlar asosida tahlil qilish, jinoyatchilikka sabab bo‘layotgan va unga imkon yarayotgan sharoitlarni aniqlash, “mahalla yettiligi” tizimi vakillari bilan birgalikda tegishli chora-tadbirlarni ishlab chiqish, hududlarga metodik yordam ko‘rsatish kabi vazifalar yuklatilgan.
Aytish joizki, mahallalarni o‘rganish jarayonida kriminogen vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan omillar qizg‘in muhokama qilinmoqda. Yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar belgilab olinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha vazifalar manzilli “yo‘l xarita”larga kiritilmoqda. Bunda mahallalarni jinoyatdan xoli hududga aylantirish, kriminogen omillarga barham berish, hududlarga ilg‘or yondashuvlarni tatbiq qilish, “mahalla yettiligi”ning faoliyatini baholash va ish samaradorligini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bir so‘z bilan aytganda, jinoyatchilikni jilovlash ishlari yangicha tizimda tashkil etilmoqda. Bu borada joriy yil yakuniga qadar tegishli vazifalarning mas’uliyatni yanada oshirmoqda. Zero, maqsad mahallalarda kriminogen vaziyatni yaxshilash va xalqimizning osuda hayotini ta’minlashdir.
IIV akademiyasi Axborot xizmati