Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

“Vazir kubogi”: kuchlilar qatoridamiz

25 Avgust 2025, 07:08

33

IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamentida shaxmat bo‘yicha vazir kubogi uchun musobaqa uyushtirildi.

Ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida shaxmatni ommalashtirish maqsadida tashkil qilingan musobaqada vazirlik tarkibiy tuzilmalari va hududiy bo‘linmalaridan 22 ta jamoa, shu jumladan, IIV akademiyasi vakillari ham qatnashdi.

Shiddatli va murosasiz kechgan bahslar yakunida umumjamoa hisobida 1-o‘rin mezbonlarga, 2-o‘rin Qorovul qo‘shinlari qo‘mondonligiga, 3-o‘rin IIV akademiyasiga nasib etdi. Shuningdek, shaxsiy birinchilikda kursantimiz Xurshidbek Rahimov kuchli uchlikdan joy oldi. 

Sovrindorlarga kubok, diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech