Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Xalqaro konferensiyada muhim tavsiyalar bildirildi

01 Dekabr 2025, 03:12

91

IIV akademiyasida “Jinoyatchilikka qarshi kurashish: dolzarb muammolar va ilmiy-amaliy yechimlar” mavzuiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

Gibrid formatda tashkil qilingan tadbirda manfaatdor tashkilotlar bilan birga, mamlakatimiz hamda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiyaning o‘nga yaqin turdosh oliy ta’lim muassasasalari vakillari, yetakchi olimlar, soha mutaxassislari qatnashdi.

Konferensiyada jinoyatchilikka qarshi kurashish faoliyatini takomillashtirish, sohaning huquqiy asoslarini mustahkamlash, mavjud muammolarning ilmiy-amaliy yechimlari ishlab chiqish masalalari, bu borada xalqaro va milliy tajribaning o‘ziga xos jihatlari muhokama qilindi.

Yalpi majlis va sessiyalar davomida “Jinoyatchilikka qarshi kurashishning jinoyat-protsessual jihatlari”, “Ma’muriy preyuditsiyali jinoyatlar uchun javobgarlikni qo‘llash”, “Kiberjinoyatlarga qarshi kurashishda huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligi”, “Raqamli muhitda korrupsiyaviy qilmishlarni kvalifikatsiya qilish”, “Jinoyat protsessida raqamli dalillarni to‘plash”, “Jamoat xavfsizligini ta’minlashda geokriminogen elektron tizimning o‘rni”, “Bolalarga nisbatan zo‘ravonliklarning viktimologik profilaktikasi”, “Jinoyatchilikning oldini olishda sud va tergov sudyasining roli”, “Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashishda O‘zbekiston tajribasi” va boshqa dolzarb mavzular yuzasidan fikr almashildi.

Mahalliy va xalqaro mutaxassislar, olimlar tomonidan jinoyatchilikka qarshi kurashish faoliyatining tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tizimiga zamonaviy yondashuvlarni tatbiq etishga qaratilgan taklif hamda tavsiyalar taqdim qilindi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech