Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Xiyobonda milliy qadriyatlar sayli

26 Aprel 2024, 03:04

225

Poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida “Milliy qadriyatlar sayli” adabiy-ma’rifiy haftaligi o‘tkazildi.

Oliy ta’lim muassasalari yoshlari tomonidan milliy urf-odat va qadriyatlar ko‘rgazmalari, madaniy-ma’rifiy dasturlar namoyish etildi.

Adabiy-ma’rifiy haftalikda Ichki ishlar vazirligi akademiyasida ta’lim olayotgan kursantlar ham faol ishtirok etishdi. Iqtidorli yoshlarimiz o‘z chiqishlari orqali xalqimizga xos betakror qadriyatlar, mumtoz kuy-qo‘shiqlar, milliy kiyimlarimizni tarannum etdilar.

Ayniqsa ma’rifatparvar adib Abdulhamid Cho‘lpon hayoti va ijodiga oid sahna ko‘rinishlari, ona Vatanimizga bag‘ishlangan she’rlar, ko‘rgazmali sport chiqishlari yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech