IIV akademiyasida kursantlarning kasbiga sadoqatini yuksaltirishga qaratilgan motivatsion tadbir tashkil qilindi.
Xorijiy kadrlar bilan ishlash fakultetida ta’lim olayotgan yoshlar bilan birgalikda o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekiston tarixi kafedrasi boshlig‘i, professor Shavkat Mamadaliyev so‘z olib, ichki ishlar organlarida xizmat qilishning o‘ziga xos jihatlari, kursantlar egallashi zarur bo‘lgan kasbiy bilim va ko‘nikmalar haqida to‘xtaldi.
***
IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamentida sayyor mashg‘ulot o‘tkazildi.
Magistratura tinglovchilari uchun tashkil qilingan mashg‘ulotda xavfsiz turizmni tashkil etish yo‘nalishidagi ishlar o‘rganilib, departament va uning hududiy bo‘linmalari faoliyati haqida batafsil ma’lumot berildi.
***
IIVning Toshkent viloyatidagi akademik litseyida jinoyatlarni fosh etishda ekspert-kriminalistika sohasining ahamiyatiga bag‘ishlangan mashg‘ulot tashkil qilindi.
Litsey hamda maktab o‘quvchilari ishtirok etgan mashg‘ulotda akademiyaning Kriminalistik ekspertizalar kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan hodisa joyini ko‘zdan kechirish, ashyoviy dalillarni olish va ularni qadoqlash protsessual harakatlari amaliy tarzda ko‘rsatib berildi. Mashg‘ulot davomida o‘quvchilar mobil kriminalistik laboratoriya imkoniyatlari bilan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati