Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Yangiliklar qisqa satrlarda

28 May 2024, 10:05

311

IIV akademiyasida “Ma’rifat ulashib” tadbirlari doirasida ommaviy musobaqalar tashkil etildi.

“Shaxmat olimpiadasi”, “Armiya o‘yinlari” va milliy sport o‘yinlari bo‘yicha jamoaviy tarzda o‘tkazilgan bellashuvlarda kursantlar faol ishtirok etdi. Qizg‘in o‘tgan musobaqalar yakunida har bir yo‘nalish bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi.

* * *

Yoshlar bilan madaniy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish maqsadida IIV akademiyasi kursantlari poytaxtimizdagi Toshkent politexnika muzeyiga olib borildi. 

Sayohat davomida muzeylarning hayotimizdagi o‘rni, politexnika muzeyi bo‘limlarida saqlanayotgan eksponatlar tarixi, texnika asrida qilingan ixtirolar haqida qiziqarli ma’lumotlar so‘zlab berildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech