Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Yangiliklar qisqa satrlarda

24 Dekabr 2025, 09:12

67

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Giyohvandlik – kelajak kushandasi” mavzuida huquqiy targ‘ibot o‘tkazildi.

Tadbirda IIV akademiyasi katta o‘qituvchisi, podpolkovnik I. Haydarov giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalarning inson salomatligi va taqdiriga ayanchli ta’sir ko‘rsatishini tushuntirib, talabalarni bu kabi illatlar, ularning noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq huquqbuzarliklardan ogohlikka chorladi.

* * *

Chirchiq shahrida kikboksing bo‘yicha O‘zbekiston kubogi bahslari bo‘lib o‘tdi.

Mingdan ziyod sportchi kuch sinashgan musobaqada IIV akademiyasi kursantlari ham sovrindor bo‘ldi. Jumladan, “low kick” va “full contakt” yo‘nalishlari bo‘yicha M. Abdurahmonov (81 kg), H. Qahhorov 1-o‘rinni, D. Elov (75 kg), S. Avazova (65 kg) 2-o‘rinni, E. Namazbayev (63 kg), B. Nishonboyev (63 kg) 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

* * *

Poytaxtimizda “Inson huquqlari va erkinliklari sohasida ta’lim va innovatsiyalar” milliy tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Shu kuni bir guruh yurtdoshlarimiz inson huquqlari bo‘yicha eng yaxshi videorolik, eng yaxshi innovatsion g‘oya muallifi, eng yaxshi bilimdon, eng yaxshi maqola nominatsiyalari bo‘yicha taqdirlandi.

Tanlovni samarali tashkil qilishda faol ko‘maklashgani uchun qator vazirlik va idoralar vakillari qatori, IIV akademiyasi professor-o‘qituvichlariga tashakkurnoma berildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech