Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Yo‘l harakati xavfsizligini kuchaytirish – bugunning dolzarb muammosi

17 May 2025, 06:05

244

IIV akademiyasida yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlashning bugungi holati, mavjud muammolar va ularning yechimlariga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Manfaatdor vazirlik va tashkilotlar vakillari, olimlar, soha mutaxassislari ishtirok etgan tadbirda ayni sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, amaliyotga tatbiq etilayotgan ilg‘or yondashuvlar hamda istiqboldagi vazifalar yuzasidan fikr almashildi.

Konferensiyada IIV akademiyasi boshlig‘i o‘rinbosari R. Nigmatov, Jamoat xavfsizligi departamenti YHXX boshlig‘i Sh, Ibragimov, Respublika sud ekspertizasi markazi laboratoriya mudiri Q. Umidillayev, Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi bosh mutaxassisi D. Musayev, Toshkent davlat transport universiteti kafedra mudiri A. Nazarov, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi katta prokurori O. Kim va boshqalar so‘zga chiqdi.

“Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashning ustuvor yo‘nalishlari”, “Yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi muammolar bo‘yicha istiqboldagi chora-tadbirlar”, “Yo‘l-transport hodisalarida sud ekspertizasining zamonaviy imkoniyatlari”, “Yo‘l xo‘jaligini rivojlantirish istiqbollari”, “Avtomobil yo‘llarida harakat xavfsizligini ta’minlash muammolari: ilmiy-amaliy yechimlar”, “Malakali haydovchilarni tayyorlash – davr talabi” mavzularida ma’ruzalar tinglandi.

Soha mutaxassislari tizimdagi muammolarga e’tibor qaratib, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, yo‘l-transport hodisalarini kamaytirish, huquqbuzarliklarning asl omillarini ilmiy jihatdan o‘rganish, harakat ishtirokchilarining madaniyatini yuksaltirish, sohaga raqamli texnologiyalarni joriy qilish borasida taklif hamda tavsiyalarini bildirib o‘tdilar.

Konferensiya doirasida ishtirokchilar maxsus texnika va vositalar ko‘rgazmasi bilan ham tanishdilar.

IIV akademiyasi Axborot xizmati 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech