Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Yoshlar qadriyatlarimiz targ‘ibotchisi

21 Aprel 2025, 07:04

165

Adiblar xiyobonida “Milliy qadriyatlar sayli” deb nomlangan madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

IIV akademiyasi tashabbusi bilan tashkil qilingan sayilga poytaxtimizdagi Sankt-Peterburg davlat universiteti filiali, Renessans hamda “PDP University” ta’lim muassasalari talabalari ham xayrixoh bo‘ldi.

Tadbirda xalqimizga xos azaliy qadriyatlar, betakror marosim va udumlar, milliy o‘yinlar namoyish qilindi. Yoshlar asrlar davomida sayqallanib kelayotgan qo‘shiqlar, qiziqarli sahna ko‘rinishlari bilan barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashishdi. Arqon tortish, tosh ko‘tarish kabi o‘yinlar yoshlarni mardlik va shijoatga undagan bo‘lsa, “Zakovat”, “Bilimlar estafetasi”, shaxmat bellashuvlari intellektual salohiyatni namoyon etishga xizmat qildi. Bundan tashqari, mehmonlar rasmlar, milliy liboslar va kitoblar ko‘rgazmasi bilan tanishib, ulkan taassurotga ega bo‘lishdi.

Sayil munosabati bilan so‘zga chiqqan oliy ta’lim muassasalari vakillari bu kabi tadbirlar yoshlarni milliy o‘zligini anglashga, ma’naviyatimizning teran tomirlaridan bahramand bo‘lishga, vatanparparlik hissi bilan yashashga da’vat etishini alohida e’tirof qilishdi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech