Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Yurakka ko‘milar asl shoirlar…

30 Aprel 2025, 09:04

43

Muhammad Yusuf qalamiga mansub ushbu so‘zlar xuddi shoirning o‘ziga atalganday. Chindanam, suyukli shoirimiz xalqona she’rlari bilan qalblarga mangu ko‘milib ketdi...

Shoir tavalludiga bag‘ishlab IIV akademiyasida o‘tkazilgan tadbirda adabiyot namoyandalari, taniqli olim va adiblar, qator oliy ta’lim muassasalaridan professor-o‘qituvchilar hamda yoshlar jamoatchiligi vakillari ishtirok etdi.

Adabiy kechada so‘z olganlar Muhammad Yusufning umr yo‘li, barhayot ijodi, ibratli amallari, ezgu fazilatlarini yodga oldilar. Shoir ona Vatanimiz va xalqimizni chin dildan sevgani, odamlarning dardu tashvishi, shodligu quvonchi bilan yashagani, betakror misralari orqali samimiy tuyg‘ularni tarannum etgani e’tirof qilindi.

Tadbir davomida iqtidorli kursant va talabalar tomonidan Muhammad Yusuf she’rlari yod aytildi. Xalqimiz ko‘nglidan joy olgan qo‘shiqlar kuylandi. Shuningdek, yig‘ilganlar O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti hamda O‘zbekiston Respublikasi kasaba uyushmalari mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi yoshlari tayyorlagan sahna ko‘rinishlarini tomosha qildilar.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech