Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Ishchi guruh vakillari Qashqadaryoda

15 Oktyabr 2026, 14:32

107

Ichki ishlar vazirligi akademiyasi professor-o‘qituvchilari tomonidan Qashqadaryo viloyati ichki ishlar organlarida o‘rganishlar olib borilmoqda.

Ma’lumki, davlatimiz rahbarining “Mamlakat taraqqiyotining 2030-yilgacha mo‘ljallangan ustuvor yo‘nalishlari doirasida islohotlarni izchil davom ettirish va yangi bosqichga olib chiqishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilingan edi.

Mazkur farmon ijrosini ta’minlash maqsadida ichki ishlar vazirining reja-topshirig‘i ishlab chiqilib, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida nazarda tutilgan maqsadlarning samaradorlik ko‘rsatkichlarini joylarga chiqqan holda o‘rganish, tahlil qilish hamda baholash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab berildi.

Ishchi guruh tomonidan hududlarni o‘rganish jarayonida “maqsad – harakat – natija” zanjiri asosida ichki ishlar organlarida strategik rejalashtirish va rivojlanish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, mazkur yo‘nalishda ishlab chiqilgan hujjatlarning sifati, natijadorligi va ijrosi tizimli tahlil qilinmoqda.

Shu bilan birga, joylarda sayyor mashg‘ulotlar o‘tkazilib, tizimning faoliyat samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha amaliyot organlariga amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatilmoqda. Bunda asosan huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, voqea va hodisalarga tezkor munosabat bildirish, kiberjinoyatlar ulushini kamaytirish, jinoyat ishi yurituvida yarashuv instituti imkoniyatlarini kengaytirish, tergov faoliyatini raqamlashtirish, jinoyatdan xoli mahallalar salmog‘ini ko‘paytirish borasida belgilab olingan chora-tadbirlar natijadorligiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

O‘rganishlar yakuni bo‘yicha har bir hudud kesimida tahliliy ma’lumotnoma, ilmiy asoslangan xulosa va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish, amaliyotga samarali yondashuvlarni tatbiq etish rejalashtirilgan.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech