Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Korrupsiya – jamiyat kushandasi yoxud sahnada “Revizor”

19 Fevral 2022, 08:02

1799

Ichki ishlar vazirligi akademiyasida navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi tashkil etildi.

Mashg‘ulotda davlat va jamiyat taraqqiyotining dushmani sanalgan korrupsiya, uning ayanchli oqibatlari, korrupsiyaviy holatlarning oldini olish choralari haqida so‘z bordi.

Yangi O‘zbekistonda ulkan islohotlar amalga oshirilayotgan hozirgi davrda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining eng ustuvor vazifalaridan biri ekanligi, jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar qonun ustuvorligini mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlandi. Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, binobarin, ichki ishlar organlari xodimlari fuqarolarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish orqali jamiyat farovonligini ta’minlashlari, o‘z faoliyatlarini faqat va faqat qonun talablari asosida amalga oshirishlari lozimligi qayd etildi.

Tadbir Gogolning “Revizor” pesasi asosida sahnalashtirilgan spektakl namoyishi bilan davom etdi.

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti ijodiy jamoasi tomonidan tayyorlangan sahna asarida asosiy rollarni Murod Nasimov, Shohruxmirzo Abduqunduzov, Zavqiddin Qurbonov, So‘g‘diyona Mamadaliyeva va boshqa iqtidorli yoshlar ijro etishdi. Poraxo‘rlik, manmanlik, nafsga qullik singari g‘ayriinsoniy illatlarning achchiq yumor orqali gavdalantirilgani tomoshabinlarda iliq taasurot qoldirdi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech