Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Kursantlarga zarur tavsiyalar berildi

30 Sentyabr 2021, 04:09

637

 

Poytaxtimiz Toshkent bugun har jabhada yangilanib, yuksalib, yirik megapolis shaharga aylanib bormoqda. Uning nufuzini yanada oshirish, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish tinchlik va osoyishtalikni taʼminlashga, kriminogen vaziyatni barqaror saqlashga ham bog‘liq.

 

Ichki ishlar vazirligi akademiyasida o‘tkazilgan navbatdagi master-klass mashg‘uloti Toshkent shahrining kriminogen vaziyati, hududlarda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va jinoyatchilikni jilovlash masalalariga bag‘ishlandi.

Ixtisoslashgan kafedralar professor-o‘qituvchilari va kursantlar ishtirok etgan mashg‘ulot avvalida Аkademiya boshlig‘i, polkovnik Rustam Xatamov davlatimiz rahbari tomonidan ichki ishlar organlarining barcha sohaviy xizmatlari tubdan isloh qilingani, jamoat xavfsizligini taʼminlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashishning samarali tizimlari amaliyotga tatbiq etilayotganini taʼkidladi. Аytib o‘tilganidek, “xavfsiz poytaxt”, “xavfsiz shahar”, “xavfsiz hudud”, “xavfsiz xonadon”, “jinoyatdan xoli mahalla” singari konsepsiyalar aholiga o‘z vaqtida va sifatli xizmat ko‘rsatish, fuqarolarni tashvishga solayotgan muammo va masalalarni joyida hal etish, hududlarning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda jinoyatchilikni jilovlashga xizmat qilmoqda.

– Poytaxt tuman va mahallalarida huquq-tartibotni mustahkamlash dolzarb vazifa sanaladi, – dedi Toshkent shahar IIBB bosh boshqarmasi boshlig‘i, general-mayor А.Toshpo‘latov. – Joriy yilning 12 fevral kuni muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan Ichki ishlar vazirligi hayʼatining kengaytirilgan yig‘ilishida belgilib berilgan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida ichki ishlar organlari faoliyatiga “Smart mahalla”, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini taʼminlashning yangicha samarali boshqaruv tizimlari hamda innovatsion raqamli texnologiyalar keng joriy etilmoqda.

Mashg‘ulotda Toshkent shahrining kriminogen vaziyati, sodir etilayotgan huquqbuzarlik va jinoyatlar dinamikasi, ularning ijtimoiy xavflilik darajasi va ko‘rsatkichlari haqida maʼlumot berildi. Аyrim mudhish jinoyatlar, xususan, qasddan odam o‘ldirish, badanga og‘ir jarohat yetkazish, bosqinchilik, talonchilik, firibgarlik, o‘g‘irlik jinoyatlarining sabablari va sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar tahlil qilindi. Tizimning huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikning oldini olish faoliyatida yechimini kutayotgan masalalar, bu borada kadrlar salohiyatini oshirish, kursantlarning nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashda hududlarning o‘ziga xos xususiyatini inobatga olish, o‘qitishning samarali mexanizmlarini tatbiq etishning afzalliklari borasida fikr-mulohazalar bildirildi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tgan mashg‘ulot davomida ixtisoslashgan kafedralar boshliqlari, mutaxassislik yo‘nalishlarida tahsil olayotgan kursantlar soʼzga chiqib, o‘quv tezkor-tergov guruhlari tomonidan Toshkent shahrida sodir etilayotgan og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarning hodisa joyiga chiqqan holda o‘rganilayotgani, shuningdek poytaxtning Mirzo Ulug‘bek, Yunusobod va Yashnobod tumanlarida bazaviy amaliyotning yoʼlga qo‘yilgani taʼlim samaradorligini oshirish barobarida, nazariy bilimlarni amaliyotda mustahkamlashga xizmat qilayotganini taʼkidladilar.

 

IIV Аkademiyasining Аxborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech