Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Maqsad milliy g‘urur va vatanparvarlik hissini yuksaltirishdir

28 Aprel 2025, 05:04

22

IIV akademiyasida “Ma’naviyat oyligi” doirasida o‘tkazilayotgan tadbirlar ayni sohadagi ishlar samaradorligini oshirishda turtki bo‘lmoqda.

Magistratura tinglovchilari uchun “Til – millat boyligi” mavzuida tashkil qilingan tadbirga Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi mas’ul xodimi, Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Rahmon Qo‘chqor taklif etildi.

Adabiyotshunos olim millat ma’naviyatida ona tilining o‘rni, o‘zbek tilining boy tarixi, mustabid tuzum davrida o‘zbek tiliga bo‘lgan munosabat, jadid bobolarimizning uni asrab-avaylash va bugungi avlodlarga yetkazish yo‘lidagi sa’y-harakatlari, zamonaviy o‘zbek tilshunosligidagi dolzarb masalalarga atroflicha to‘xtaldi.

Shuningdek, “Ma’naviyat oyligi” munosabati bilan bir guruh kursantlar poytaxtimizdagi Toshkent tarixi muzeyi hamda Temuriylar tarixi davlat muzeyiga olib borildi. Sayohat chog‘ida yoshlar noyob osori-atiqalar, qadimiy buyum va ashyolar bilan tanishish asnosida, asrlar osha yashab kelayotgan yozma manbalar, buyuk ajdodlarimizning hayoti va faoliyati ko‘plab ma’lumotga ega bo‘lishdi.

Bundan tashqari, o‘quv dargohida o‘tkazilgan kitob yarmarkasida xodimlar va kursant-tinglovchilar faol qatnashib, shaxsiy kutubxonalarini yangi kitoblar bilan boyitdilar.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech