Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

IIV AKADEMIYASI MAGISTRATURASIGA 2023/2024-O‘QUV YILI UCHUN QABUL E’LON QILINADI

IIV AKADEMIYASI MAGISTRATURASIGA 2023/2024-O‘QUV YILI UCHUN QABUL E’LON QILINADI

IIV Akademiyasi magistraturasi 2023/2024-o‘quv yili uchun birinchi darajadagi “tashkiliy-strategik boshqaruv” hamda ikkinchi darajadagi “tashkiliy-taktik boshqaruv” mutaxassisliklari bo‘yicha qabul e’lon qiladi.

Magistraturaning “tashkiliy-strategik boshqaruv” mutaxassisligi bo‘yicha o‘qish istagidagi nomzodlar bazaviy oliy ma’lumotga hamda qonunchilik hujjatlariga muvofiq ikkinchi darajadagi “tashkiliy-taktik boshqaruv” mutaxassisligi diplomiga tenglashtirilgan (muqaddam faoliyat ko‘rsatgan magistratura, Oliy akademik kurslar hamda Rahbar kadrlarni tayyorlash fakultetini tamomlagan) diplomga, shuningdek ichki ishlar organlarida kamida besh yil amaliy xizmat stajiga ega bo‘lishi kerak.

“Tashkiliy-strategik boshqaruv” mutaxassisligiga oxirgi bir yil davomida quyidagi lavozimlardan birini egallab kelayotgan nomzodlarning hujjatlari qabul qilinadi:

IIV markaziy apparati hamda vazirlikka bevosita bo‘ysunuvchi tarkibiy tuzilmalar bo‘yicha – bo‘lim boshlig‘i, unga tenglashtirilgan va undan yuqori bo‘lgan boshqa lavozimdagi xodimlar;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV, Toshkent shahar va Toshkent viloyati IIBBlari, viloyatlar IIBlari apparatlari bo‘yicha – boshqarma boshlig‘i, unga tenglashtirilgan va undan yuqori bo‘lgan boshqa lavozimdagi xodimlar;

tuman, shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmalari, ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari) bo‘yicha – ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmalari, ichki ishlar boshqarmasi (bo‘limi) boshliqlari;

vazirlik ta’lim muassasalari bo‘yicha – ixtisoslashtirilgan maktab internati va akademik litsey direktorlari, shuningdek IIV Akademiyasi va Malaka oshirish instituti boshlig‘ining o‘rinbosarlari, maslahatchisi va yordamchisi;

Jazoni ijro etish muassasalari boshliqlari.

Magistraturaning “tashkiliy-taktik boshqaruv” mutaxassisligi bo‘yicha o‘qish istagidagi nomzodlar bakalavr darajasiga yoki diplomli mutaxassis malakasiga, shuningdek ichki ishlar organlarida kamida uch yillik amaliy xizmat stajiga ega ega bo‘lishi kerak.  

“Tashkiliy-taktik boshqaruv” mutaxassisligiga oxirgi bir yil davomida quyidagi lavozimlardan birini egallab kelayotgan nomzodlarning hujjatlari qabul qilinadi:

Ichki ishlar vazirligi markaziy apparati va vazirlikka bevosita bo‘ysunuvchi tarkibiy tuzilmalar bo‘yicha – bosh mutaxassis, yetakchi yuriskonsult, bosh ekspert, o‘ta muhim ishlar bo‘yicha tergovchi (tezkor vakil), bosh inspektor, ularga tenglashtirilgan va ulardan yuqori bo‘lgan boshqa lavozimdagi xodimlar;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV, Toshkent shahar va Toshkent viloyati IIBBlari, viloyatlar IIBlarining apparatlari bo‘yicha – bo‘linma boshlig‘i, unga tenglashtirilgan va undan yuqori bo‘lgan boshqa lavozimdagi xodimlar;

tuman, shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmalari va ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari) bo‘yicha – tuman, shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmalari va ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari) boshlig‘ining o‘rinbosarlari lavozimidagi xodimlar.

jazoni ijro etish muassasalari bo‘yicha – bo‘lim boshlig‘i, ularga tenglashtirilgan va undan yuqori bo‘lgan boshqa lavozimdagi xodimlar (davolash-profilaktik yordam ko‘rsatish bo‘limlari boshliqlaridan tashqari).

vazirlik ta’lim muassasalari bo‘yicha – akademik litsey direktorining o‘rinbosarlari, Akademiya va Malaka oshirish institutining ilmiy-pedagogik xodimlari, shuningdek bosh inspektor yoki ularga tenglashtirilgan va ulardan yuqori bo‘lgan boshqa lavozimdagi xodimlar.

Magistraturada o‘qish istagidagi nomzodlarning hujjatlari elektron tartibda qabul qilinadi. Bunda nomzod magistr.akadmvd.uz manziliga zarur ma’lumotlarni kiritadi va IIV Akademiyasi boshlig‘i nomiga yozilgan bildirgining imzolangan elektron nusxasini ushbu manzilga yuboradi. Bildirgi qabul qilingandan so‘ng IIV Akademiyasi qabul komissiyasi tomonidan nomzodga bildirishnoma yuboriladi.

Magistraturaga o‘qishga qabul qilish nomzodlar uchun teng huquqlilik, qabulning yagona qoidalari va tanlov prinsiplari asosida quyidagi bosqichlarda tashkil etiladi:

1) hujjatlarni to‘plash va o‘rganish;

2) maxsus kasbiy tanlov (yozma ish hamda nomzodlarning kompetensiyalarini diagnostika qilish);

3) yakuniy suhbat.

Nomzodlarning hujjatlari 2023-yilning 1-aprelidan 1-may kuniga qadar qabul qilinadi.

IIV Akademiyasi qabul komissiyasi

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech