Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Terrorizm bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilishni boshqarish

06 Aprel 2024, 09:04

613

1–5-aprel kunlari Ichki ishlar vazirligi akademiyasida AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi ko‘magi bilan “Terrorizm bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilishni boshqarish” mavzuiga bag‘ishlangan xalqaro o‘quv kursi tashkil qilindi.

Tadbir AQSh Davlat departamentining “Terrorizmga qarshi kurashishda ko‘mak” dasturi asosida terrorizm bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilishni takomillashtirish maqsadiga qaratildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xodimlari hamda IIV akademiyasining ixtisoslik kafedralari professor-o‘qituvchilari qatnashdi.

Besh kun davomida xalqaro mutaxassislar tomonidan “Terrorchilik jinoyatlari yuzasidan hodisa joyini ko‘zdan kechirish”, “Dastlabki tergov jarayonida to‘plangan ashyoviy dalillarni saqlash”, “Tergov guruhi a’zolarini shakllantirish”, “Tergov jarayonida inson huquqlari va jamoatchilik ishtirokini ta’minlash”, “Terrorizm bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilishni boshqarish” va boshqa mavzularda mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Tinglovchilar terrorizm bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilish, mazkur faoliyatni samarali tashkillashtirish va boshqarish bo‘yicha ko‘nikma oshirib, AQSh tajribasining ilg‘or jihatlarini o‘rganish imkoniga ega bo‘ldilar. Malakali konstruktor tomonidan ishtirokchilarning o‘zlashtirish darajasi turli interfaol metodlar yordamida tahlil qilib borildi. O‘quv kursi yakunida qatnashchilarga sertifikat berildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech